"Atletiko" "Kadis"ni mag‘lub etdi va "Real" bilan ochkolar farqini 10 taga etkazib oldi

  • 31 yanvar, 2021, 22:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 21-turida "Atletiko" "Kadis"ni qabul qildi va gollarga boy o‘tgan bahsda g‘alaba (4-2) qozondi.

Tecno

"Kadis" o‘z maydonida "Atletiko"ga etarlicha qarshilik ko‘rsatdi, biroq tajribali "matraschilar" qiyinchilik bilan uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Madridliklar safida gollarga Luis Suares, Koke va Saul mualliflik qildi, Alvaro Negredo esa, "Atletiko" darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.

Ushbu g‘alaba evaziga Madrid klubi 19 ta o‘yinda 50 ochko to‘plab, eng yaqin ta’qibchisi bilan oraliq masofani 10 taga etkazib oldi, "Kadis" esa 21-turdan so‘ng, 24 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!