“Atletiko Nasonal” Klublar o‘rtasidagi JCh-2016da bronza medali sohibi!
Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2016da uchinchi o‘rin sohibiga aniqlik kiritildi.
Mazkur bahsda Meksikaning “Amerika” jamoasi Kolumbiyaning “Atletiko Nasonal” jamoasi bilan kuch sinashdi. O‘yinda asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida jamoalar 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Shundan so‘ng g‘olib nomi “loteriyalar bahsi”da aniqlandi. Unga ko‘ra, kolumbiyaliklar 4:3 hisobida zafar quchishdi.
Klublar o‘rtasidagi JCh-2016
18.12.2016
3-o‘rin uchun
“Amerika” (Meksika) – “Atletiko Nasonal” (Kolumbiya) - 2:2 (1:2, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:4
Gollar: Arroyo 38, Peralta 66 (pen.) – Samudio 6 (avtogol), gera 26.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
“Amerika”: Munos, Pimentel, Pablo Agilyar, Samudio, Alvarado (Kintero, 46), Arroyo, Gerrero, Sambuesa (Martines, 70), Villiam, Valdes, Romero (Peralta, 59).
“Atletiko Nasonal”: Armani, Agilyar, Dias, Bokanegra, Enrikes, Gerra (Borxa, 78), Aryas, Torres, Uribe (Neto, 70), Moskera, Berrio (Rodriges, 89).
Ogohlantirishlar: Pablo Agilyar (57), Dias (65), Pimentel (67), Neto (77), Enrikes (79), Berrio (82).

Fikrlar