
"Atletiko" navbatdagi transferini e’lon qildi
“Atletiko” Madrid Braziliyaning “Atletiko Paranaense” klubi himoyachisi Renan Lodining transferini rasman e’lon qildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 21 yoshli braziliyalik futbolchi “matraschilar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Lodi “Atletiko Paranaense” sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 49ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar