"Atletiko" o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchini "Manchester Siti"ga sotadi. Sababi...

  • 11.01.2022 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Benfika" hujumchisi Darvin Nunesning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Portugaliyaning O Jogo nashriga ko‘ra, “Nyukasl” yanvar oyida 22 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 60 million evrogacha pul to‘lashga tayyor. Ammo lissabonliklar shoshishmayapti va mavsum oxirigacha kutishmoqchi.

Klub rahbariyatining fikricha, "Atletiko" Nunesning transferi bo‘yicha jiddiy taklif bilan chiqishi mumkin, ammo buning uchun Madrid klubiga katta pul kerak.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "Atletiko" buning uchun portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Feliksni "Manchester Siti"ga sotishi mumkin, biroq bu variant faqat yozgi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu transferdan tushadigan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nunesning transferiga yo‘naltiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!