
"Atletiko" o‘zi uchun yangi tarix yozdi
Xabaringiz bor kecha Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi o‘z yakuniga etdi va chorak finalga yo‘l olgan 8ta jamoa nomi aniq bo‘ldi.
Shu kuni Madridning "Atletiko" klubi o‘z maydonida "Bayer"ni qabul qildi va 0:0 hisobidagi nursiz duranga imzo chekdi. Leverkuzenda bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda 2:4 hisobida g‘alaba qozongan "matraschilar" keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Bu bilan "Atletiko" o‘z tarixida ilk bor ketma-ket 4-marta EChLning 1/4 finaliga chiqdi. Ta’kidlash kerakki, Diego Simeone shogirdlari shularning ikkitasida, aniqrog‘i 2014 va 2016 yilgi mavsumlarda musobaqaning finaliga qadar etib bora olishgan.
Fikrlar