"Atletiko" prezidenti: Grizmann jamoadan ketib xato qilmoqda
"Atletiko" Madrid klubi prezidenti Enrike Sereso so‘zlariga ko‘ra frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann “matraschilar” safidan ketib xato qilmoqda.
“Antuan jamoamizda 5 yil o‘ynadi va shunchaki ajoyib harakat qildi. Uning kelajagi haqida gapirsak, men uning qaerga ketishini bilmayman. “Barselona”dan hech kim men bilan bog‘lanmadi. Avval Grizmann jamoadan ketmasligi haqida ishonch bilan gapira olardim, ammo hozir bunday emas. Men shaxsan “Atletiko”dan ketish noto‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Lekin Grizmann boshqacha o‘yladi”, - deydi Sereso.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmannga PSJ va “Barselona” klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar