“Atletiko” raqiblari “Real” va “Barsa”ni “qaltiratadigan” jamoa tuzyapti

  • 30 aprel, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bu mavsum “Atletiko” La Liga chempionligi uchun kurashda yana “Barselona” va “Real”ga bas kela olmadi. Bosh murabbiy Diego Simeone kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish orqali asosiy raqiblariga kuchli raqobat ko‘rsatmoqchi.

Karlos Busero va Severiano Garsiya boshchilik qilayotgan yangi direktorlar kengashi “Atletiko”ni chempionlik uchun kurashadigan darajaga ko‘tarish borasida ish boshladi.

Sport nashrining yozishicha, Simeone yangi ijrochilar olinishi kerak bo‘lgan pozitsiyalarni aniqlab bergan. Mutasaddilar argentinalik mutaxassis talabiga javob beradigan futbolchilarni qidirmoqda.

Himoya:

Diego Simeon mudofaa chizig‘ini “Tottenxem”dagi hamyurti Kristian Romero yordamida mustahkamlamoqchi. O‘yinchining o‘zi ham muhitni o‘zgartirish niyatida. Bu transferni 50-55 million evroga hal qilish mumkin.

Yarim himoya:

“Atletiko” maydon markaziga bir necha yangi nomlarni tanlab qo‘ygan. Asosiy nishon “Vilyarreal” vakili Aleks Baena. Agar bu transfer o‘xshamasa, ro‘yxatda Xavi Gerra, Mateo Kovachich va Tomas Parti kabi tajribali o‘yinchilar bor.

Hujum:

Simeone jamoaga asosiy to‘purar sifatida “Sporting” forvardi Viktor Dyokereshni olib kelishni orzu qilyapti. Biroq ketma-ket ikkinchi mavsumda ham tinimsiz gol urayotgan hujumchining xaridorlari ko‘p. Biroq maqsadga erishish uchun xarajatga ham tayyor bo‘lish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!