"Atletiko" "Real"ga uchta gol urgan futbolchini xarid qilmoqchi
"Valensiya" yarim himoyachisi Karlos Soler faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda As nashri.
Futbolchining xizmatlariga "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. U Solerni klub g‘oyalariga mos keladi, deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi La Ligada 7 ta o‘yinda 4 ta gol urishni uddaladi. Xavbek "Real" darvozasini bitta o‘yinda uch marotaba ishg‘ol qilgan edi.

Fikrlar