"Атлетико" Robertson uchun kurashga qaytdi
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadi.
Maʼlumki, shotlandiyalik futbolchining tugayotgan shartnomasi uzaytirilmaydi. Avvalroq 32 yoshli himoyachining asosiy daʼvogari sifatida "Tottenxem" ko‘rilayotgandi, ammo jamoa Chempionshipga tushib ketsa, bu transfer amalga oshmasligi mumkin.
"Transfer News Live" "Daily Record" manbasiga tayanib xabar berishicha, "Atletiko" Robertsonga bo‘lgan qiziqishni yana tiklagan. "Matraschilar" bir necha oy avval ham futbolchiga daʼvogarlar qatoridan joy olgandi.
Endryu Robertson 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsumda 34 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar