"Atletiko" Simeone boshqaruvidagi eng yomon natijasini qayd etdi

  • 4 noyabr, 2020, 00:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” ayni damda EChL guruh bosqich 3-turi doirasida Moskvada “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib bormoqda. Hozircha hisob 1:1.

Tecno

“Temiryo‘lchilar” tomonidan urilgan gol “matraschilar”ning joriy mavsum Chempionlar ligasida o‘tkazib yuborgan 7-goli bo‘ldi. Bungacha Madrid grandi “Bavariya” (0:4) va “Zaltsburg”ga (3:2) qarshi o‘yinlarda o‘z darvozasidan jami 6 ta gol o‘tkazib yuborgan edi.

E’tiborlisi, bu “Atletiko”ning Diego Simeone boshqaruvida EChL guruh bosqichida qayd etgan eng yomon ko‘rsatkichi bo‘ldi. Boisi, “matraschilar” argentinalik mutaxassis boshqaruvida hech qachon Chempionlar ligasi guruh bosqichida 6 tadan ko‘p gol o‘tkazmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!