"Atletiko" Simeonega yangi shartnoma taklif qiladi

  • 4 iyun, 2021, 13:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Calciomercato nashrining xabar berishicha, tomonlar o‘zaro kelishuvni 2024 yilning yoziga qadar uzaytirishi kutilmoqda. Aytish lozimki, Simeonening “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Argentinalik mutaxassis "Atletiko"ni 2011 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida "matraschilar" Simeone qo‘l ostida jami 8 ta sovrin yutdi. Ular orasida 2 tasi La Liga chempionligidir.

“Atletiko” yakunlangan mavsum Ispaniya chempionatida so‘nggi turgacha davom etgan chempionlik poygasida hamshahari “Real”ni ortda qoldirishga va g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!