
"Atletiko" va "Barselona" ayollar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga 60 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi
"Vanda Metropolitano" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Ispan ligasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, bu o‘yin ayollar klub futbolida eng ko‘p muxlis tashrif buyurgan uchrashuv bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, bu boradagi jahon rekordi 1999 yilgi ayollar o‘rtasidagi JCh finalida qayd etilgan. Los-Anjeles shahrida kechgan Xitoy va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga o‘shanda 90 185 nafar muxlis kelgan.
Mazkur g‘alabadan so‘ng "Barselona" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Atletiko" bilan oradagi farqni 3 ochkoga qadar qisqartirishga erishdi.
Fikrlar