"Атлетико" va "Barselona" o'rtasida Alvares transferi bo'yicha katta tortishuv davom etmoqda
"Atletiko" hujumchisi Xulian Al'varesning "Barselona"ga o'tishi ehtimoli jahon futbol jamoatchiligida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo'lib qolmoqda.
Tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik futbolchi joriy yozda kataloniyaliklar safiga o'tish istagini bildirgan va bu haqida "Atletiko" rahbariyatini ham xabardor qilgan. Biroq Madrid klubi hozircha futbolchini sotish niyatida emas va "Barselona" bilan muzokara olib borishdan bosh tortmoqda.
Jurnalist Fernando Polo fikriga ko'ra, vaziyatni futbolchining o'zi hal qilishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, agar Al'vares bosh murabbiy Diego Simeone bilan shaxsan gaplashib, jamoani tark etish istagini ochiq aytsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.
"Menimcha, Xulian Simeonega bevosita borib, "men o'zimni bu jamoada ko'rmayapman, uzr" desa, hamma narsa hal bo'lishi mumkin. Cholo ham boshqa murabbiylar kabi jamoada qolishni istamagan futbolchini ushlab turishni xohlamaydi", — dedi Mundo Deportivo vakili.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, "Atletiko" Al'varesni "Barselona"ga 100 million yevro evaziga ham sotishdan bosh tortgan.

Fikrlar