"Atletiko"da Felishga barcha sharoitlar yaratib beriladi

  • 30 dekabr, 2022, 10:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Joau Felishning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"U biz bilan ekan, men unga o‘z imkoniyatlarini ishga solishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beraman. Keyinroq nima bo‘lishi noma’lum. Bu erda ko‘pchilik uning jamoada qolishini istayapti", - dedi Simeone "Elche"ga qarshi o‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida (2:0).

Oldinroq Felish qishki transfer oynasida "matraschilar" lagerini tark etishni istashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

"Transfermarkt" portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda. U joriy mavsum "Atletiko" safida barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!