
"Atletiko"ning 14 yoshli futbolchisi vafot etdi
"Atletiko" Madridning 14 yoshli tarbiyalanuvchisi Kristian Minchola olamdan ko‘z yumdi.
“Biz bu qayg‘uli yangilikdan shokdamiz va uning o‘limidan afsusdamiz. Butun “Atletiko” oilasi motamda va Kristianning oila a’zolariga sabr tilaydi”, - deydi klub prezidenti Enrike Sereso.
Minchola 2013/14 yildan buyon “Atletiko” a’zosi hisoblanar edi. Hozircha uning o‘limi tafsilotlari ma’lum emas.
Fikrlar