“Atletiko“ning 6 futbolchisi MYuga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
MYuga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL o‘yini oldidan “Atletiko“da jiddiy yo‘qotishlar mavjud. “Matraschilar“ asosiy tarkibidan o‘rin olgan 6 nafar futbolchi bu bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ushbu ro‘yxatdan jamoa sardori Koke, shuningdek, Suares, Grizmann, Karrasko, Felipe va Lemar kabi futbolchilar joy olgan. Koke, Grizmann, Lemar va Suaresda kichik jarohat borligi aytilmoqda.
Karrasko va Felipe qizil kartochka olgani sabab diskvalifikatsiya qilingan. Ular javob uchrashuvida klubiga yordam berishi mumkin bo‘ladi.

Fikrlar