
"Atletiko"ning yana 2 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Atletiko"da koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana avj oldi.
Deportes Cuatro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoaning ikki a’zosi – Toma Lemar va Ektor Erreraning Covid-19 ga qarshi topshirgan testi musbat natija bergan. La Liga qoidasiga ko‘ra, ikkala futbolchi karantinga olinishi kerak. Shu tariqa, Lemar va Errera 13 fevral kuni "Granada"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
“Atletiko” 20 turdan so‘ng, 51 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar