
Avstraliya ham JCh saralashining so‘nggi bosqichi va Osiyo kubogi masalasini hal qildi
Jahon chempionati saralashining 4-turidan o‘rin olgan Livan - Avstraliya uchrashuvi mehmonlarning 0:5 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Gudvin ikki bor mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Yengi va Iradela bittadan gol urgan bo‘lsa, Jradi avtogol muallifiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan keyin Avstraliyaning ochkolari soni 12 taga etdi va Jahon chempionati so‘nggi bosqichiga yo‘l oldi. Shu bilan birga, jamoa Osiyo kubok yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar