
Avstriya terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Futbol bo‘yicha Avstriya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Unga ko‘ra “Shturm” klubida faoliyat olib borayotgan Franko Foda endilikda Avstriya termasiga ustozlik qiladigan bo‘ldi.
Reuters nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 51 yoshli nemis mutaxassisi ushbu lavozimni 2018 yilning 1 yanvaridan rasman egallaydi. Biroq, ungacha terma jamoani shug‘ullantirishda davom etaveradi. Ta’kidlash lozimki, Avstriya terma jamoasi 14 noyabr kuni Venada Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Fikrlar