"Ayaks" "Lill"ga qarshi o‘yinda super kambekni amalga oshirdi (video)
UEFA Evropa ligasining 1/16 final dastlabki bahsida “Ayaks” safarda “Lill”ga qarshi bahs olib bordi.
Frantsiyadagi bellashuv 1:2 hisobida amsterdamliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab “Lill” futbolchisi Timoti Vea (72') hisobni ochgan bo‘lsada, o‘yin yakunlanishi arafasida Dushan Tadich (87') va Brayan Brobbey (89') o‘z gollari bilan “Ayaks”ga g‘alaba olib keldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar