
Ayni paytdagi eng zo‘r MMA jangchisi kim? Demetrius Jonson javob berdi
UFC va ONE FC sobiq chempioni Demetrius Jonson ayni vaqtdagi eng yaxshi MMA jangchisi kimligini aytib o‘tdi.
"Hozirda Islom Maxachev vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi jangchisi. U qanday kurashishni biladi, dzyudo va jiu-jitsudan ham xabari bor. Undan so‘ng Jon Jonsni keyingi o‘ringa qo‘yaman" - deya Jonsonning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie".
Eslatib o‘tamiz, Maxachev oxirgi jangida Renato Moykanoni 1-raunddayoq sabmishn orqali taslim etdi.
Fikrlar