Ayollar futboli. OFK 2022 yilgi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining mintaqa g‘oliblarini e’lon qildi

  • 26 sentabr, 2022, 12:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2022 yilgi ayollar klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining mintaqa g‘oliblarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning “So‘g‘diyona-W” jamoasi G‘arbiy mintaqa chempioni sifatida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax shahri jamoasi Eronning “Bam Hatun” klubi bilan ikkita o‘yin (1:1 va 1:0) o‘tkazib, G‘arbiy mintaqa jadvalida peshqadamga aylangan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “So‘g‘diyona-W” jamoasini Osiyo chempionatining mintaqa g‘olibligi bilan tabrikladi.

 

Manba: O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!