Azar "Chelsi"dagi rekordini takrorladi

  • 09.04.2019 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar kecha "Vest Xem"ga (2:0) qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan London derbisida dubl qayd etib, jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi.

Bu 28 yoshli belgiyalik futbolchining mavsum rasmiy uchrashuvlarda kiritgan 19-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, Azar shu tariqa o‘zining “aristokratlar” safidagi eng yaxshi natijasini takrorladi.

Ta’kidlash kerakki, bungacha Azarning bu boradagi eng yaxshi natijasi 2014/15 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. O‘shanda ham u bir mavsumda 19ta gol urishga erishgan. Ammo, mavsum yakuniga qadar yana bir nechta o‘yinlar borligini inobatga olganda, u o‘z rekordini yangilash imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Azarning yozda “Real”ga ko‘chib o‘tishi borasida turli xabarlar tarqaldmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!