
Azar "Chelsi"ningAPLdagi 105ta golida ishtirok etdi va bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar kecha premer-liganing 27-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich”ga (3:0) qarshi bahsda dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa 27 yoshli belgiyalik futbolchi “aristokratlar”ning premer-ligadagi kiritgan 105ta golida bevosita ishtirok etdi. Azar ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 68ta gol hamda 37ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Azar bu ko‘rsatgich borasida faqatgina Dide Drogba (159ta) hamda Frenk Lempard (237ta) kabi futbolchilardan ortda qolmoqda.
Fikrlar