
Azar derbi oldidan: Diego Kosta bilan uchrashishi istayman
La Liganing 7-turida madrid derbisi bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, "Real" va "Atletiko" o‘zaro bahs olib boradi. "Qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Eden Azar uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Derbi qanday hissiyotlar va yoqimli tuyg‘ular taqdim etishini hamma yaxshi biladi. Barcha biladiki, bir shaharning ikki klubi o‘zaro to‘qnash keladi.
Men gol urishni, g‘alaba qozonishni va muxlislarni xursand etishni istayman.
Diego Kosta mening do‘stim. Biz birgalikda to‘p surganmiz. Maydonda u bilan to‘qnash kelishni istayman," - dedi Azar.
Eslatib o‘tamiz, 2014-2017 yillari Kosta va Azar "Chelsi" tarkibida to‘p surishgan.
Ma’lumot uchun, "Atletiko" - "Real" bellashuvi 28 sentyabr kuni TOshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar