
Azar kutgan taklifni boshqa futbolchi oladi
“Chelsi” rahbariyati “Real”da o‘z o‘yinini ko‘rsata olmagan Eden Azarni ortga qaytarmoqchi edi. Biroq, Tomas Tuxelning rejasi o‘zgardi.
“Aristokratlar” o‘z safiga Madrid klubida ishlari yurishmayotgan boshqa fubolchi – Luka Yovichni qo‘shib olmoqchi. Serbiyalik hujumchi 2019 yili “Qirollik klubi” safiga qo‘shilgan bo‘lsa-da, hozirgacha asosiy tarkibga kira olmadi.
Tomas Tuxel keyingi paytda Romelu Lukaku va Timo Vernerga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Yovich londonliklarga aynan shu maqsadda kerak.
O‘z navbatida, “Real” ham yangi loyihalarni amalga oshirish uchun bir necha futbolchisini sotib yuborishga tayyor. Ketishi kerak bo‘lganlar orasida Yovich ham bor.
Fikrlar