Azar La Liganing ilk turini o‘tkazib yuboradi
"Real" vingeri Eden Azar Ispaniya chempionatining yangi mavsum ilk turini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Cadena Cope nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, belgiyalik futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohatidan hali ham davolanmoqda. U shug‘ullanishni boshlab yuborgan, ammo 20 sentyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘yingacha tiklanib ulgurmaydi.
Azar o‘tgan mavsum “Real” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi xolos.

Fikrlar