Azar “Real”dan dunyoning eng zo‘r klubiga o‘tadi

  • 10 dekabr, 2021, 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Daily Express nashri “Real” yulduzi Eden Azar tez orada jamoasini o‘zgartirishi haqida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaning yozishicha, belgiyalik hujumkor futbolchi “Chelsi”ga qaytishga qaror qilgan. London klubi ham sobiq o‘yinchisining ortga qaytishiga qarshi emas.

Yaqinda France Football nashri Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan “Chelsi”ni dunyoning 2021 yildagi eng yaxshi klubi, deb e’lon qilgan edi.

“Real” mutasaddilari ispan futboliga moslasha olmagan Azarni 20 million evroga sotib yuborishga tayyorligini bildirgan. Bu summa “aristokratlar”ni to‘liq qoniqtiradi.

Azarga “Vest Xem” va “Nyukasl”dan chorlov bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Red M
11/12/2021 02:12
Кечирасиз муаллиф, Азар дунёнинг энг зур клубидан челсига утади десангиз хакикатга якинрок буларди. Ёки амалдаги Европа чемпиони сафига яна кайтади. Еки бу сайтда шахсий фикрлар билан сарлавха берилса булурадими?!