Aziz G‘aniev BAA chempionatida super assistentlikni amalga oshirdi
Hamyurtimiz Aziz G‘aniev “Shabab Al-Ahli” safida Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Al-Vasl”ga qarshi bahsda jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.
“Shabab Al-Ahli” va "Al-Vasl" uchrashuvi 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. "Shabab Al-Ahli" safida ikkala golni ham braziliyalik hujumchi Karlos de Oliveyra Eduardo Alves kiritdi. Aziz G‘aniev ushbu o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar