
Aziz G‘anievning murabbiyi iste’foga chiqarildi
Hamyurtimiz Aziz G‘aniev to‘p surayotgan Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al Ahli" jamoasi bosh murabbiyi Rodolfo Arruabarena o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al Ahli" Osiyo Chempionlar ligasida “Paxtakor” bilan bir guruhdan joy olgan va 2 ta turdan so‘ng bironta ham ochko to‘play olmay 3-o‘rinni egallab turibdi.
Ayni damda jamoa BAA chempionatida 40 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar