Azizbek Amonov: "Kimni maydonga tushirishni murabbiy hal qiladi"

  • 18 mart, 2024, 16:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi hamda Osiyo kubogi 2-qo‘shma saralashi doirasidagi Gongkongga qarshi uchrashuvlar oldidan mashg‘ulotlarni boshladi. Azizbek Amonov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

"Avvalambor assalomu alaykum! Hammani kirib kelgan ramazon oyi bilan tabriklayman. Terma jamoaga chaqirilganimdan xursand bo‘ldim. Bugundan tayyorgarlikni boshlaymiz. Har bir o‘yinlarga jiddiy tayyorgarilk ko‘rib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi. Agar jiddiy tayyorgarlik va ishtiyoq bilan harakat qilmasangiz sizni har qanday jamoa yutib qo‘yishi mumkin.

Maydonga tushsak, tushmasak biz bir jamaomiz. Hammamiz O‘zbekiston nomidan bordik. Muhimi g‘alaba qozonish edi. Buni albatta murabbiy hal qiladi. Kim tayyor bo‘lsa, o‘shani tushiradi. Bundan biz xafa bo‘lib yoki ko‘ngil ranjish bo‘lmadi", - dedi Amonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!