Azizbek Turg‘unboevning diskvalifikatsiyasi tugadi. U bugun "Navbahor" mashg‘ulotlariga qo‘shiladimi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Turg‘unboev bir necha oy avval tranfser mashmashasi bois 9 iyulgacha futbolga aloqador har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. Bugun 9 iyul va uning diskvalifikatsiyasi yakunlandi.
Hozir ko‘pchilikni Turg‘unboev qaysi klubga borib qo‘shilishi qiziqtirmoqda. Bir necha kun avval SPORTS.uz sayti orqali Azizbek Turg‘unboev "Navbahor"ga qaytmoqchi ekanligi, aynan "lochinlar" safida yana faoliyatini davom ettirmoqchiligini ma’lum qilgandik.
Buni qarang-ki, kecha "Navbahor" klubi matbuot xizmati "Turg‘unboevning diskvalifikatsiyasi ertaga yakunlanadi" nomli xabar chop etdi. Unda erkin agent maqomidagi Turg‘unboevning 2-davrani “Navbahor” tarkibida o‘tkazishi ehtimoli yuqoriligi ma’lum qilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, futbolchi namanganliklar safini to‘ldiradi.
O‘z navbatida, futbolchi uchun kurashgan "Paxtakor" hozircha hech qanday reaktsiya bildirmadi.



Fikrlar