BAA chempionati. "Al Bateh" ishonchli hisobda zafar quchdi. Aziz G'aniev to'liq o'ynadi
BAA chempionatining 12-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Al Bateh" klublari ishtirokidagi to‘qnashuvda mehmon jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz Aziz G‘aniev esa to‘liq uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. "Flashscore" portali vakilimizni bugungi o‘yini uchun 6.9 ballga loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Al Bateh" bugungi g‘alaba orqali ochkolar sonini 9 taga yetkazib olib, "Bani Yas"ni quvib o‘tdi.
Fikrlar