
BAA chempionati. Hamdamov jamoasi liga peshqadamiga qarshi maydonga tushadi, Shukurov harakat qilayotgan "Sharja"ning ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 20-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbek futbol ixlosmandlarining e’tiborini o‘ziga qaratishi mumkin bo‘lgan bir nechta bahslar bor.
Jumladan, Doston Hamdamov harakat qilayotgan "Xatta" klubi o‘z uyida liga karvonboshisi "Al-Jazira"ni qabul qiladi. Otabek Shukurov to‘p tepayotgan "Sharja" "Xaur Fakkan"ni sinovdan o‘tkazadi.
"Xatta" ishtirokidagi bellashuv 18:45 da boshlanadi. Shukurov jamoasining o‘yini esa Toshkent vaqti bilan 21:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar