BAA chempionati kuchaymoqda: "Everton" futbolchisi Osiyo klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)

  • 26 sentabr, 2022, 12:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Allan "Everton"dan Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Vahda" klubiga o‘tdi. Klub 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan.

Allan ingliz klubida 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. Shuningdek, u “Napoli”, “Udineze” va “Granada” klublarida ham to‘p tepgan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda. 

O‘tgan mavsum braziliyalik yarim himoyachi Premer liganing 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!