BAA futbol assotsiatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan jamoa bilan gaplashib oldi

  • 2 iyun, 20:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

BAA futbol assotsiatsiyasi prezidenti Hamdan bin Muborak Al Nahayon yakshanba kuni Abu-Dabidagi Mohamed bin Zaed stadionida bo‘lib o‘tgan amirliklar terma jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Tashrif chog‘ida u futbolchilarga katta ishonch bildirib, ularning mashg‘ulotlar va oldingi o‘yinlardagi fidoyiliklari hamda harakatlarini yuqori baholadi.

Shayx Hamdan jamoani bo‘lajak O‘zbekistonga qarshi saralash o‘yinida bor kuchini berishga va 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, direktorlar kengashi, strategik hamkorlar va Amirlik futbol jamoatchiligi jamoani doimo qo‘llab-quvvatlaydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!