
BAA ham boshladi! "Fiorentina" hujumchisi "Shabab Al-Ahli"ga o‘tadi
Hujumchi Aleksandr Kokorin Birlashgan Arab Amirliklari klubi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
"RB Sport" xabariga ko‘ra, Shabab Al-Ahli rossiyalik futbolchini "Fiorentina"dan sotib olishga tayyor. A Seriya klubi 32 yoshli forvard uchun kelgan taklifni qabul qilishi kutilyapti.
"Shabab Al-Ahli o‘tgan mavsumda BAA chempioni bo‘ldi. Yozda jamoani “Lokomotiv”ni boshqargan Marko Nikolich qabul qilib oldi.
O‘tgan mavsumda Kokorin Kiprning "Aris" jamoasi tarkibida ijara asosida o‘ynadi va chempionatning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Fikrlar