Babayan Yusupovning xatosi, Benzemasiz "Al-Ittihod" va raqibni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkinligi haqida gapirdi

  • 14 fevral, 2024, 22:41
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Namangannning "Navbahor" klubi Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida "Al-Ittihod"ga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv oldidan "lochinlar" ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida uning o‘yin oldi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- OChLning har bir o‘yini muhim. O‘tgan mavsum futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyat o‘z ishini yaxshi bajardi. Buning oqibatida Osiyo Chempionlar ligasi pley-offiga yo‘l oldik. Bir yil avval hozirgi o‘rnimizni faqat orzu qilardik. Hozir buni reallikka ko‘chirdik. Ertangi o‘yinda hamma o‘zbekistonlik muxlislar "Navbahor"ga muxlislik qiladi. Raqibga kelsak, "Al-Ittihod" katta tarixga va Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Bundan tashqari, raqibda tayyorgarlik borasida ham ustunlik bor. O‘zimizga kelsak, mavsumga tayyorgarlik ko‘rdik va bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdik. Shunday bo‘lsa-da, birorta rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmadik. 


- "Al-Ittihod" kabi kuchli ijrochilari bor jamoaga qarshi tartibli o‘yin va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi orqali natija qilishimiz mumkin. 

- Ochig‘ini aytsam, jahon darajasidagi yulduzlarning biz bilan o‘ynashi katta tarix va futbolimiz ommalishishi uchun muhim faktor. Albatta, biz Neymarning "Al-Hilol" bilan Namanganga kelishini istagandik. Neymar bor paytda biz safarda durang o‘ynagandik, u yo‘qligida esa mag‘lub bo‘ldik. Benzemaning ham kelishini xohlagandik. Afsuski, u yo‘q. Biroq Karimsiz ham raqib kuchsiz emas. 

- O‘tkir Yusupov rikoshet orqali gol o‘tkazib yubordi. U to‘g‘ri pozitsiya tanlagandi. Biroq unga bog‘liq bo‘lmagan jihatlar ham bor. O‘sha uchrashuvni (Qatar - O‘zbekiston 1:1 (3:2) eslasak, u ikkita penaltini qaytarganini e’tirof etish kerak. O‘tkir top darajadagi darvozabon va terma jamoamiz lideri. U yaxshi kayfiyatda va ertangi o‘yinga tayyor. 

- O‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimizga harakat qilamiz. OChL pley-off o‘yini bu tarix va juda muhim. Raqibni qanday faktorlar orqali mag‘lub etishimiz mumkin? O‘yinni nazorat qilish, tartib va muxlislar. Ertangi uchrashuvga qanday strategiya tanlashimiz haqida esa ertaga kechasi ma’lum qilaman. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Камбарали дехконов
15/02/2024 13:05
Юсупов термадаги хатоларини кайтармаса керак агар яна хато килса уни дархол захирага олиш керак сал попуги пасаяди