
Babayanning jamoasi yana peshqadamlikni qo‘lga oldi
Hamyurtimiz Samvel Babayan Xitoy birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Chanchun Yatay" jamoasi bosh murabbiyi sifatida navbatdagi o‘yinni o‘tkazdi.
Tszya-ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Sichuan Tszyunyu" - "Chanchun Yatay" bellashuvi 1:3 hisobida Babayan shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. "Chanchjou" stadionida o‘tgan bahsda mehmonlarning golariga Di Gao, Long Zagar hamda Li Guanven mualliflik qildi. Maydon egalari safida bu gollarga faqatgina Shensyun Chjen javob qaytara oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin chanchunliklar onlayn turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar