Badavlat xonim “Tottenxem”ni sotib oladi va hozirdan zo‘r murabbiy topib qo‘ydi

  • 16.03.2026 05:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ilgari “Nyukasl” xo‘jayinlaridan bo‘lgan Amanda Steyvli xonim Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida inqirozdan chiqa olmayotgan “Tottenxem”ni sotib olishni va bosh murabbiylikka Eddi Xauni olib kelishni istayapti.

O‘z vaqtida Steyvli Saudiya Arabistoni Suveren fondiga “Nyukasl”ni sotib olishda yordam bergan. Xizmatlari uchun Amanda klubda 10 foiz ulush va direktor lavozimini olgan.

2024 yil yozida Steyvli “Nyukasl” bilan barcha munosabatlarini to‘liq uzdi va shundan beri Amanda qaysi futbol klubini yangi investitsiya obyekti sifatida tanlashi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, hozir “Tottenxem” boshidan kechirayotgan inqiroz Steyvli uchun Lyuis oilasidan London klubini jozibali narxda sotib olishga urinish uchun sabab bo‘lishi mumkin.

“Nyukasl”da ishlagan vaqtida Steyvli Eddi Xau bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatgan va agar kelishuv amalga oshsa, Amanda bu mutaxassisni “Tottenxem”ga bosh murabbiy sifatida olib kelishga ham tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!