
Bahodir Ahmedov: Bor e’tibor Bahraynga qarshi bahsga qaratilgan
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov 3-turdan o‘rin olgan Bahrayn bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz pley-off haqida hali umuman o‘ylaganimiz yo‘q. Bor e’tibor Bahraynga qarshi bahsga qaratilgan. Tarkibdagi barcha futzalchilarimizdan foydalangan holda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi terma jamoa ustozi.
Eslatib o‘tamiz, vakillarimizning o‘yini 16:00 da start oladi.
Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar