Bahodir Ahmedov: "Yaxshi o‘ynamagan bo‘lsak ham, natijaga erishdik"

  • 18 sentabr, 2021, 21:57
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Misr – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Yigitlarimiz ikkita bellashuvda juda ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. Lekin bugun undan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, o‘zlarining nimaga qodir ekanligini isbotlab qo‘ydi. Bundan juda ham hursandman. 

Bugun to‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi.  Qolaversa, himoyada yaxshi o‘ynadik. Shuningdek, gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda o‘zimiz xato qildik. Kuchli tomonlarimiz bizga qo‘l keldi. Juda yaxshi o‘yin namoyish eta olmagan bo‘lsak ham, natijaga erishdik", - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
18/09/2021 21:59
Илтимос журналистлар хатосиз езинглар. Сизлар намуна булишинглар керак, узбек тилини хам дабдала килиб ташласизларку.