
Bahodir Jalolov bokschilarimizning muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning +91 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov hamda AQShlik Richard Torres o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda vakilimiz raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Jalolov ertaga yarim finalda angliyalik bokschi Edvard Klarkga qarshi jang qiladi.
Fikrlar