
Bahodir Jalolov: "Usik va Joshuaga qarshi janglarga tayyorman"
Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan superog‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz bugun Astanada Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan turnir doirasida ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschimiz Turki al ash-Sheyxga tegishli The Ring jurnali muxbiriga bergan intervyusida superog‘ir vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik, shuningdek, britaniyalik sobiq chempion Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini aytgan.
"Men chempionlik yo‘lida uzoq yo‘lni bosib o‘tdim. Professional boksda o‘z oldimga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish fursati etib keldi. Imkon qadar tezroq chempionlik jangini qo‘lga kiritishni istayman. Men jahon chempionlik kamari uchun kechadigan janglarga 100 foiz tayyorman. Xevivey chempionlari bilan janglarga shayman. Usik, Joshua — ular bilan jangga tayyorman" — deya Jalolovning so‘zlarini keltirmoqda "The Ring".
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar