
Bahodir Jalolov yordam bergan bokschi chempionlik kamari uchun saralash jangida ishtirok etadi
Yangi 2022 yilning ilk katta boks oqshomi Toshkent vaqti bilan 2 yanvar tongida bo‘lib o‘tadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Florida shtatida joylashgan "Hard Rock" arenasi mezbonlik qiladigan kechaning markaziy bahsida mashhur kubalik Luis «King Kong» Ortis (32-2, 27KO) sobiq jahon chempioni Charles Martin (28-2-1, 25KO) bilan IBF chempionlik kamari uchun eliminator jangini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Luis Ortis o‘z vaqtida Deontey Uaylderga qarshi jangi oldidan hamyurtimiz Bahodir Jalolov bilan sparringda ishtirok etgan edi.
Fikrlar