Bahodir Jalolovga munosib raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan 10 nafar bokschilar bilan tanishing!

  • 20 oktabr, 2022, 19:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi barchani birdek qiziqtirayotgani aniq. 

Aslida, u 15 oktyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarilishi reja qilingan edi. Ammo, unga raqiblik qilishi kutilgan Ariel Esteban Brakamonte jangdan bosh tortganligi sabab, Jalolovning jangi ham bekor qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, endi Jalolov navbatdagi bahsini 26 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tuvchi boks oqshomida o‘tkazadi. Hozircha raqib ma’lum emas. Bokschimiz promouteri Lu Dibellaga Top 15 dan raqib topishini so‘ragan edi. O‘z o‘rnida Dibella Jalolov bilan jang qilgani aksariyat bokschilar rozi bo‘lmayotganligini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, endi Jalolov navbatdagi bahsini 26 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tuvchi boks oqshomida o‘tkazadi. Hozircha raqib ma’lum emas. 

Albatta, yurdoshimizni salohiyatiga shubha qilmaymiz. Entoni Joshua, aleksandr Usik, Deontey Uaylder, Tayson Fyuri kabi mega yulduzlar bilan ham jang qila olishga qodir. Biroq, biz voqelikka real qaragan holda, unga munosib raqiblar sifatida 10 nafar bokschiga to‘xtalamiz. 

1. Ivan Dichko (Qozog‘iston) 

Qozog‘istonlik bokschi ro‘yxatimizning 1-pog‘onasidan o‘rin oldi. Zero, Dichko bilan Bahodirni o‘ziga xos xisob-kitobi mavjud. Ular havaskor yo‘nalishda 4 marotaba duch kelgan va barchasida Qozog‘iston vakili g‘alaba qozongan. Albatta, u vaqtdagi Bahodir bilan hozirgisi orasida anchagina farq bor. Yurtdoshimiz juda katta o‘sishga erishdi va qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, professional yo‘nalishda ham g‘alabali odimini davom ettirmoqda. Dichko ham profida mag‘lubiyatsiz ketmoqda. U 12 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 11 ta jangda muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgan. Qolaversa, WBA yo‘nalishida 15-o‘rinda qayd etilgan. Ularning professional boksdagi to‘qnashuvi juda qiziqarli tarzda o‘tgan bo‘lardi. Nazarimizda bu qarama-qarshilik juda qiziqarli ko‘rinish olgandi. 

ivan_1

Jiley Jiang (Xitoy)

Yana bir jiddiy jangni taqdim etuvchi bo‘lgan raqib sifatida Xitoy vakilini aytishimiz mumkin. Xitoylik bokschi ham mag‘lubiyatsiz odimlayotgan edi. Joriy yilning 20 avgust kuni u xorvatiyalik Flipp Xrgovich bilan bo‘lgan to‘qnashuvda mag‘lub bo‘ldi. Aslida, u mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan jang ko‘rsatgan edi. Shu tariqa u 24 ta g‘alabadan keyin yagona mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Umuman olib qaraganda anchagina matonatli bokschi va Jalolov-Jang qarama-qarshiligi juda shiddatli tarzda o‘tgan bo‘lardi.

ander_1

Jared Anderson (AQSh) 

22 yoshli kelajak yulduzi deb e’tirof etilayotgan, okean orti vakili ham muvaffaqiyatini davom ettirmoqda. U 12 ta jang o‘tkazgan va barchasini muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlagan. Garchi, reytingda 15 talikda ham qayd etilmagan bo‘lsa-da, katta mahorat egasi sanaladi. Ikki engilmas bokschining jangi xech kimni bee’tibor qoldirmasa kerak. 

anderson_1

Mahmud Charr (Suriya)

Charrning ustunlik jihati, u juda tajribali bokschi sanaladi. Faoliyati mobaynida Vitaliy Klichko, Aleksandr Povetkin,va Mayris Briedislar bilan jang qilgan. 37 jang o‘tkazib, 33 tasida g‘alaba qozongan. 4 ta mag‘lubiyatini yuqorida sanab o‘tilgan uch bokschi va Yoxan Duopasdan qabul qilib olingan. Maykl Grant ustidan g‘alaba qozonganligini ham aytib o‘tish joiz. Xullas, Jalolovga yaxshi jang taqdim eta oladi, degan fikrdamiz. 

charr_1

Trevor Bryan (AQSh)

AQSh vakilining natijasi ham juda yaxshi ko‘rinish olgan. 22 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat rekordga ega. U yagona mag‘lubiyatini Danielb Dyubuadan qabul qilib olgan. Shuningdek, salohiyati haqida ham iliq fikrlar bildirish mumkin. O‘ylaymizki, Jalolov-Bryan bahsi qiziq bo‘lishi aniq.  

bryan_1

Filipp Xrgovich (Xorvatiya)

Xorvatiyalik iste’dodning kelajagiga ham yuqori baho berilmoqda. Biroq, u so‘ngi jangida xitoylik Jiley Jangga qarshi jangda o‘zini u qadar yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi, deb ayta olmaymiz. Ammo, unda yaxshigina mahorat bor va u Bahodir Jalolovga jang taklif qilishi mumkin. Xrgovich 15 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 12 tasini muddatidan avval yakunlagan. 

xrgovich_1

Daniel Dyubua (Buyuk Britaniya)

Britaniyalik og‘ir vazn toifasi vakilining ham professional boksda o‘z o‘rni bor. U WBA Regular chempionlik kamarini qo‘lga kiritgani ham qanday toifadagi bokschi ekanligini anglatib turadi. Garchi, uning 3 dekabrda Kevin larenaga qarshi jangi bo‘lsa-da, keyinchalik yurtdoshimiz bilan ehtimoliy to‘qnashuvi ro‘y bersa, chiroyli bahsni guvohiga aylangan bo‘lardik. Dyubua hisobida ham bitta mag‘lubiyat bor. Qolgan 18 ta jangda g‘alabaga erishgan. 

dyubua_1

Toni Yoka (Frantsiya)

Rio Olimpiadasi chempioni Yoka ham og‘ir vazn toifasida anchagina chsalmoqli natijalarni qayd etmoqda. U ham g‘alabali odimini davom ettirgan holda, 11 ta g‘alaba qayd etib turgandi. Ammo, so‘ngi jangida u Kongo DR vakili Martin Boakale bilan to‘qnashuvda imkoniyatni boy berib yщydi. Biroy, ushbu muvaffaqiyatsizlik uning mahoratiga soya bermaydi. Jalolov- Yoka jangi butunjahon boks ixlosmandlarini e’tiboridan chetda qolmaydi, degan fikrdamiz. 

yoka_1

Jo Joys (Buyuk Britaniya)

Joys bilan ham Jalolovning xisob-kitobi mavjud. Ma’lumki, yurtdoshimiz Rio Olimpiadasida aynan Joysdan mag‘lub bo‘lgandi. Ammo, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘sha voqeadan keyin ko‘p suvlar oqib ketdi. Hozir Jalolov juda yaxshi jismoniy holatga ega bo‘lib ulgurgan. Joys ham hali mag‘lubiyatga uchramagan. 15 ta jang va 14 ta muddatidan avvalgi g‘alaba. Ehtimol, uning ilk mag‘lubiyatiga Bahodir Jalolov sababchi bo‘lar! 

joys_1

Derek Chisora (Buyuk Britaniya)

Va nihoyat 10-pog‘onadan tajribali Derek Chisora varinti o‘rin olgan. Ma’lumki, Chisora 3 dekabr kuni Tayson Fyuri bilan trilogiyada ishtirok etadi. Shunday bo‘lsa-da, uning yurtdoshimiz bilan jangi juda tomoshabop o‘tishi mumkin bo‘lardi. Ehtimol, ular to‘qnash kelishi mumkindir. Agar, shu jang bo‘lsa, muxlislar aslo zerikib qolmasdi. 45 ta jang 33 ta g‘alaba qayd etgan mazkur bokschi bilan bahs Bahodirga ham katta janglar oldidan o‘ziga xos tramplin vazifasini o‘tab berardi.

chisora_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!