
Bahodir Jalolovning sobiq raqibi Aleksandr Usikka qarshi jang o‘tkazadi
Profescional boksning og‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan britaniyalik Rio Olimpiadasi kumush medal sovrindori Jo Joys (12-0, 11 KO) o‘zining navbatdagi jangini WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar ukrainalik Aleksandr Usikka (18-0, 13 KO) qarshi o‘tkazishi mumkin. Jang WBO vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi kutilmoqda. Agar, ushbu jang bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Tayson Fyuri va Entoni Joshua mutloq chempionlik uchun jang o‘tkazishi bo‘yicha hech qanday to‘siq qolmaydi.
"Albatta biz bu jang bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Usik biz jang qilishni hohlagan keyingi raqib va ishonchim komilki, bu qarama-qarshilik albatta, bo‘ladi", - dedi Joysning yordamchi menejeri Sam Jons.
Jo Joys Rio Olimpiadasi chorak finalida Bahodir Jalolovni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar