Bahodir Jalolovning yangi jang sanasi va manzili aniq bo‘ldi. Bu safar Amerika Qo‘shma Shtatlari...

  • 20 oktabr, 2022, 09:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan nomdor bokschimiz Bahodir Jalolov 15 oktyabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarilishi reja qilingan edi. Ammo, unga raqiblik qilishi kutilgan Ariel Esteban Brasamonte jangdan bosh tortganligi sabab, Jalolovning jangi ham bekor qilingan.

SPORTS.UZ saytiga ma’lum bo‘lishicha, endi Jalolov navbatdagi bahsini 26 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tuvchi boks oqshomida o‘tkazadi. Ushbu oqshom "Dignity Health Sports Park" arenasida bo‘lib o‘tadi va asosiy jangda Xose Zepeda hamda Rejis Progreys super engil vaznda vakant bo‘lib turgan WBC kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jalolovga esa kim qariblik qilishi hozircha ma’lum emas.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!