
Bahodir Tillaboev qirg‘izistonlik mag‘lub bo‘lmagan jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi
3 mart kuni Qirg‘izistonning Kara-Suu shahrida katta MMA kechasi o‘tkaziladi. Ya’ni, "WEF 131" turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, yarim engil vazn (65,8 kg) toifasidagi vakilimiz Bahodir Tillaboev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U qirg‘izistonlik Aktilek Tinchtibek Uuluga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimizning rekordi 12-5 bo‘lsa, qirg‘izistonlik jangchining rekordi 3-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar