Bahrayn bosh murabbiyi: O‘zbekistonni yaxshi o‘rganib, bor kuchimizni ishga solishimiz kerak

BEPUL PROPAN

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi davom etmoqda. Bahrayn terma jamoasi bosh murabbiyi Marselino da Silva 3-turdan o‘rin olgan O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘zbekistonning maydondagi tarkibi har 4 daqiqada o‘zgarib turishini barcha yaxshi biladi. Ammo biz birinchi navbatda tiklanishimiz lozim. O‘tgan bellashuvda yo‘l qo‘ygan xatolarni tahlil qilib, raqibni yaxshi o‘rganib chiqqan holda o‘yin davomida bor kuchimizni ishga solishimiz kerak bo‘ladi", - dedi mutaxassis.

 

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!